Golden Ceylon 100g
Greenfield Golden Ceylon – o‘tkir, lekin muvozanatli ziravorli ta’m ohanglari bilan ajralib turadi. Uning boy va to‘liq lazzati, nafis aromati bu choyning asl kelib chiqishini va betakrorligini ta’kidlaydi.
Kenyan Sunrise 100g
Greenfield Kenyan Sunrise — bu choyning boy, to‘yingan va biroz achchiq ta’mi, nafis hidi bilan ajralib turadi. U abadiy Afrikaning asl, o‘zgarmas tabiatini eslatadi. Uning yantar rangli damlamasining bayramona yorqinligi esa go‘yo butun yil davomida Kericho plantatsiyalarini nurlantirib turadigan issiq Afrika quyoshining aksidek jilolanadi.
Classic Breakfast 100g
Shimoliy Hindistonning eng mashhur plantatsiyalaridan olingan noyob choy navlari Greenfield Classic Breakfast tarkibini tashkil etadi. Uning nordon va shirali ta’mi, nozik aromati hamda kuchli tetiklantiruvchi ta’siri Greenfield Classic Breakfastni ertalabki choy uchun eng ideal tanlovga aylantiradi.
English Edition 100g
Nufuzli Nuwara Eliya tog‘li plantatsiyalarida yetishtirilgan nozik seyolon choyi Greenfield English Edition o‘zining betakror lazzati bilan ajralib turadi. Maxsus joyda terilgan va zich o‘ralgan choy barglari mukammal uyg‘unlikdagi boy ta’mni yaratadi — unda yengil ziravor ohanglari eshitiladi, yorqin, ammo nozik hid esa asal va gul notalarini yaqqol ifodalaydi.
Earl Grey Fantasy 100g
Sitrus aromatlarining yengil havodor ohangi Uva plantatsiyalarida yetishtirilgan Seylon choyining boy ta’mini yanada ajratib ko‘rsatadi va Greenfield Earl Grey Fantasyning nafis kompozitsiyasiga o‘ziga xos noziklik bag‘ishlaydi.
Magic Yunnan 100g
Xitoyning mashhur Yun’nan tog‘li plantatsiyalarida yetishtirilgan ajoyib qora choy ikki nozik ta’m ohangining — “tutunli” aroma va yengil quruq olxo‘ri tusining — kutilmagan uyg‘unligi bilan hayratga soladi. Greenfield Magic Yunnan choyining betakror ta’mi qalbni hayajonga soladi va tasavvurni boyitadi.
Premium Assam 100g
Mashhur Assam provinsiyasining plantatsiyalarida yetishtirilgan Greenfield Premium Assam choyi o‘zining nordon va ziravorli ta’mi hamda yorqin, yangilantiruvchi aromati bilan ajralib turadi.
Spring Melody 100g
Hindistonning qimmatbaho choy navlariga xos yoqimli achchiq ta’m, timьanning o‘tkir ohangi va yalpizning salqin notasi Greenfield Spring Melody choyining betakror buketini yaratadi — u bahor nafasi kabi yengil, yorqin va yangilovchi. Xushbo‘y o‘simliklarning hidini eslatuvchi nozik aroma choyning o‘ziga xos ta’mini yanada ajratib turadi. Ajoyib tarzda tetiklantiradi va chanqovni bosadi.
Barberry Garden 100g
Nafis va chuqur Seylon choyi ta’mi, barbarisning biroz nordon-shirin ohanglari hamda gibiskusning yengil notalari Greenfield Barberry Garden choyiga yorqin va nozik ta’m bag‘ishlaydi. Barbarisning xushbo‘y ifori tabiiy choy hidiga uyg‘unlashib, buketga o‘ziga xos iliqlik va joziba qo‘shadi.